Navoiy davlat pedagogika instituti Belarus Respublikasining Polosk davlat universiteti bilan Hamkorlik memorandumi asosida tashkil qilingan ta’lim yo‘nalishlari — O‘zga tilli guruhlarda Rus tili va Psixologiya: amaliy psixologiya 2-bosqich talabalari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Qo‘shma ta’lim dasturi rejasi bo‘yicha talabalar 3 va 4-bosqichlarda Polosk davlat universitetida tahsil oladilar. SHu sababdan talabalarni Belarus Respublikasiga borishini tashkil qilish, Polosk davlat universitetidagi o‘quv jarayoni, TTJlaridagi sharoitlar to‘g’risida institut prorektorlari D.Ro‘ziev, I.Nasriddinov va kafedra mudirlari F.Jumaeva, M.Xalilovalar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.