O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g’risida» 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjuman vaqti: 2022-yil 10-iyun.
Konferensiya yo‘nalishlari:
- Ijtimoiy-gumanitar fan sohasi;
- Aniq va tabiiy fan sohasi;
- Pedagogik innovasiya va innovasion ta’lim texnologiyalari sohasi.
Tezis-maqolalar topshirish tartib-qoidalari: Tezis-maqolalar 2022-yil 8-iyunga qadar +99 894-250-02-01 telegram raqamiga faylda muallif ism, familiyasi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi. Hajmi 3-5 bet, matn shrifti – Times New Roman; shrift hajmi 14 RT; qatorlar o‘rtasidagi interval 1,5.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Manzil: Navoiy sh. Ibn Sino ko‘chasi, 45-uy.