All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Muxtor Avezov nomidagi Qozog’iston davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi

   Navoiy davlat pedagogika institutiga Muxtor Avezov nomidagi Qozog’iston davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoasi tashrif buyurdi. Dastlab ular institut tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyda bo‘ldi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Xurshid Qurbonov  muzey faoliyatini tanishtirdi.

   

Navoiy davlat pedagogika institutida 27-may kuni “Zamonaviy metodologiya kontekstida islom ilmiy-madaniy va falsafiy merosi” mavzusida o‘tkazilishi kutilayotgan Xalqaro konferensiya doirasida, ayni paytda institut faollar zalida “Yoshlar tarbiyasida millatlararo hamjihatlik, ilmiy-madaniy aloqalarning o‘rni” mavzusida badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   

   

Tadbirda Muxtor Avezov nomidagi Qozog’iston davlat universiteti Falsafa kafedrasi mudiri, dosent Sapanov Meyrxan, kafedra dosentlari Ibraeva Nurilya, Yesimova Anorkul ishtirok etishdi. Ma’rifiy-badiiy tadbirni institutning Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori I.Nasriddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Qurbonov so‘zga chiqib, qardosh mamlakatlarning yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stona aloqalari, xalqlar o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari xususida fikrlarini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng institut faoliyatiga doir maxsus videorolik namoyish qilindi.

Kunning ikkinchi yarimida universitet jamoasi — «Falsafa» kafedrasi  mudiri, dosent Sapanov Meyrxan Jantaevich, kafedra dosentlari Ibraeva Nurilya Amirovna, Yesimova Anorkul Elmuratovnalar Tarix va O‘zbek tili adabiyoti fakultetlarining Qoraqalpoq yo‘nalishi talabalariga, Qozoq va Rus tillari va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlarida Falsafa fanidan Markaziy Osiyo ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixi va dinshunoslik modullari bo‘yicha dars mashg’ulotlari o‘tdilar.