O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori Navoiy davlat pedagogika institutiga keldi. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ilm-fan sohasida olimlar va tadqiqotchilar tomonidan erishilayotgan yutuqlar va ularning ahamiyatini keng ommaga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori b.f.d., professor X.F.SHomurodov Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida X.Shomurodov o‘z mualliflik kitobini Axborot-resurs markazi fondiga sovg’a qildi.