All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ona vatanimning buyuk farzandlari

 Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim fakultetida “Ona vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkazildi. O‘zbekiston – tuprog’i zar, hosili gavhar, odamlari sahiy, bag’ri kengu mehri daryo, mehmondo‘stu odamparvar, xush hulqu xushsuxon diyor! Butun olamni kezib chiqqanda, barcha ajoyibu- g’aroyib, mo‘’jizakor joylarni tomosha qilganda O‘zbekistonning kichik bir qishlog’idagi fayzu tarovatdan bahra olganday, lazzatlanganday bo‘lmaydi. Dunyoning qay bir go‘zal yurtiga bormang, dam o‘tmay ona-yurt dilingizni o‘rtab, o‘ziga chorlayveradi. Bu tuyg’u kindik qoni tomgan muqaddas zaminga, uning betakror, mislsiz fazilatli odamlariga bo‘lgan muhabbat kuchi, qudratidan bo‘lsa kerak. Bu o‘lkada kimlar yashab o‘tmagan? O‘zbek nomini ulug’lab, shon shuhratini olamga yoygan, o‘z iqtidori, iste’dodi, san’atu talantidan olam ahlini bahramand etgan har-bir jabhaning yetuk namoyondalari ham bizning ajdodlarimizdir.

   

Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo‘lib kashf etgan kim? Abu Rayhon Beruniydir. Ne-ne sarkardalar bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan kim? Mir Alisher Navoiy! Tib ilmining asoschisichi? Abu Ali ibn Sino! Buyuk matematik Al-Xorazmiydek allomani kim voyaga yetkazgan O‘zbekistonning zarrin tuprog’i! Mirzo Ulug’bek, Axmad YAssaviy, Al-Buxoriy, At-Termiziy…Ex-xe, sanab sanog’iga yetib bo‘larkanmi bu donishmand ajdodlarimizni!”…

Yuqoridagi fikrlarning muallifi – fakultetning 1-bosqich talabasi, tanlovda birinchi o‘rinni olgan Z.Hoshimova maqolasidan