loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

San’at galereyasida “tijorat ko‘rgazma”si o‘z ishini boshladi

  Ayni paytda, O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda Navoiy davlat pedagogika instituti, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasining tijorat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tijorat ko‘rgazmasiga  Xorazm viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi boshlig’i hamda bir guruh xorazmlik rassomlar jarayonlarni tomosha qilish maqsadida kelishdi. Ushbu ko‘rgazma davomida mehmonlar talabalarimiz ijodiga yuksak baho berib, ikki tomonlama ijodiy hamkorlik qilishni taklif qilishdi.  Kelgusi o‘quv yili davomida  talabalarimizning ijodiy ko‘rgazmasini Xorazm viloyatida tashkil qilinishi xususida kelishib olindi.

   

Barcha san’at ixlosmandlarini 20-maydan — 20-iyungacha davom etadigan ko‘rgazmamizga taklif etamiz.

Manzil: Navoiy shahar, San’at galereyasi binosi.