loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi

  Navoiy davlat pedagogika institutida «Astronomiya fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi: muammo va yechimlar» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. Mazkur konferensiya Fizika va astronomiya kafedrasi tomonidan Prezidentimizning 2021-yil 19-martdagi «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7-martdagi farmoyishi asosida tashkil etildi.

Anjumanda Ilm-fan rivojlanishida innovasiyalarning bugungi kundagi o’rni, Astronomiyaning tarixiy rivojlanishida «Ustoz-shogird» tizimining o’rni va ahamiyati, Astronomiya fanini o’qitishda integrativ yondashuv va uning amaliy ahamiyati, shu va boshqa ilmiy mavzularda ma’ruzalar qilindi.