loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiylik yosh yozuvchi Ozod Mustafoning yangi asari nashr etildi

  Navoiy davlat pedagogika Institutida tahsil olgan Navoiylik yosh yozuvchi Ozod Mustafoning yangi asari nashr etildi. Ozod Mustafoev 2008-2012 yillarda O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida faoliyat yuritadi. Uning yangi asarida  (Toshkent, “Sahhof” nashriyoti) qissa, hikoya, qatra, masal va mansuralar jamlangan.

 Muallifning bir qator asarlari bugungacha “Sharq yulduzi”, “Ijod olami”, “Mushtum” jurnallari hamda “Kitob dunyosi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Yoshlar ovozi” gazetalari kabi adabiy nashrlarda e’lon qilingan.  Yozuvchining “Shayx va sarxush” nomli hikoyasi 2021-yil xalqaro hikoyalar tanlovida yuqori o‘ringa loyiq ko‘rilgan.