Joriy yilning 15-19 may kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida “Ta’limdagi o‘qitish metodikalari bo‘yicha Finlandiya tajribasi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi.
Navoiy viloyat hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda Finlandiya ta’limi bo‘yicha bilim berish bosqichining 7 tamoyili asosida o‘quvlar o‘tkazilmoqda. Bunda Finlyandiya ta’lim tizimi, uning afzalliklari va tarixi, shuningdek, darslarda o‘quvchi faoliyatini oshirish borasidagi ma’lumotlar berildi.