loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman

  Vatanni biror sababga ko‘ra sevishmaydi. U bilan qaysidir sabab tufayli faxrlanishmaydi. Chunki har bir kishining Vatani o‘zi uchun qadrli va sevimlidir. Insonning tug’ilib, voyaga yetgan Vatani u uchun har qanday joydan sevimli, har yerda farxlanishiga arzigulik joy bo‘lib qoladi.

“O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzusida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi maqola” nominasiyasidagi tanlovda NavDPI “Fizika va texnologik ta’lim” fakulteti tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlovning fakultet bosqichini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni fakultet dekanati  va tyutorlar tomonidan amalga oshirildi. Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash bo‘yicha institutda olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan tanlov ishtirokchilariga qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.