Obod yurtning fayzi, tarovati o`zgacha bo`ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko`rkam bo`lishiga zamin yaratadi. «Hashar — elga yarashar» degan maqol bejiz aytilmagan. Chunki, bu tadbir ko`pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida o`tkazilgan umumxalq xayriya hasharida nafaqat institutimizning ko’ngilli yoshlari, tyutorlari va ishchi-xodimlaridan iborat ahil jamoa birdamlikda ishtirok etishdi.
O`zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, institut hovlisi, barcha xonalari yanada ozoda, shinam va obod holga keltirildi.