All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Yangi Oʻzbekistonning – zamonaviy liderlari” mavzusida ilmiy anjuman

    Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi va Navoiy viloyat “Kelajak liderlari” klubi tomonidan intellektual, salohiyatli, kreativ, lider yoshlar va iqtidorli talabalar uchun “Yangi Oʻzbekistonning – zamonaviy liderlari” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazildi.

Ushbu anjummani institutimiz rektori tabrik soʻzi bilan ochib berdi, hamda anjuman tashkilotchi va ishtirokchilariga va anjuman ishida muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiya quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha, yaʼni:

  •  Yangi Oʻzbekiston yoshlari – uchinchi renessans poydevori.
  •  Zamonaviy lider qiyofasi va boshqaruv strategiyasi.
  •  Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar shoʻbalarida oʻz ishini davom ettirdi.

Unda yoshlar tomonidan taqdim etilgan 100 ga yaqin maqolalar muhokama etilib, taklif va tavsiyalari tinglandi. Konferensiyada faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan Sertifikatlar bilan taqdirlandi.