loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

 YOSHLAR ERTAMIZ KO’ZGUSI

  Yoshlar ertamiz ko’zgusi. Ularning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki bir qator tashkilotlar va idoralar ham mas’ul etib belgilangan. “Bugun jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining yoshlar o’rtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarga nisbatan 25 foizga yetgan. Mutasaddilar “Kasalni davolagandan ko’ra, oldini olgan ma’qul”, degan naqlga amal qilgan holda jinoyat bilan kurashishda dastlab yoshlarni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko’rmoqda. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning ildiz ham huddi shu jihatlardan qidirilmoqda”- dedi NavDPI prorektori X.Qurbonov “Fizika va texnologik ta’lim” fakulteti yoshlari bilan yuqoridagi mavzular bo’yicha o’tkazilgan uchrashuvda. Suhbatlarda NavDPI rektor maslahatchisi B.Abdullaev, Navoiy viloyati “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo’lim boshlig’i podpolkovnik SH.Xaqberdiev, Navoiy shahar IIB JQB boshlig’i podpolkovnik X. Achilov va NavDPI profliktika inspektori, mayor N.Xaitovlar ishtirok etib o’z fikr mulohazalarini bildirib o’tishdi. “Kelajagimiz yoshlarning qo’lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barchamiz birdek harakatda bo’lmog’imizni zamonning o’zi talab qilmoqda”-deydi tadbir yakunida rektor maslahatchisi B. Abdullaev.