Joriy yilning 23-aprel kuni Navoiy viloyat hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorlikda “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni tanlovi targʻibotiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.
Unda Navoiy davlat pedagogika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.B.Nasriddinov hamda yosh olimlar, iqtidorli talabalar va innovatsion gʻoya hamda texnologiyalarni amalda tadbiq etishda munosib hissa qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar faol ishtirok etdi.
Seminarda Navoiy viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi xodimi F.Toʻxtayev soʻzga chiqib, tanlov nizomi, oʻtkazilish tartibi, taqdim etiladigan hujjatlar va tanlov doirasida taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.