loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha targ’ibot tadbiri

     

     O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining 2022-yil 1-martdagi “Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining yig’ilishi”ning 3-son, viloyat hokimining 2022-yil 2022-yil 31-martdagi “Favkulotda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muxofazasi oyligi”ni o‘tkazish to‘g’risidagi 8-FM-sonli va Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 6-apreldagi 120- AFO-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Tarix fakultetida NavDPI Fuqaro va mehnatni muxofaza qilish bo‘limi boshlig’i X.Jalilov, Navoiy shahar favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari podpolkovnik D.Suvonov, bo‘linma boshlig’i mayor K.Nasillaev, dekan o‘rinbosari I.Quljonov va fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirokida yong’inlarni oldini olish, aholi o‘rtasida  tabiiy va is gazidan zaxarlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi natijasidagi portlashlarning oldini olish, Botulizm kasalligi, Gemorragik isitma, yuqumli sariq kasalligi, Quturish kaslliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish borasida tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan batafsil javoblar berildi.