NavDPI talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishda ularga ko‘mak berib yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvlarida bildirilgan takliflarni inobatga olib, “Fizika va texnologik ta’lim” fakultetida mavjud bo‘sh xonalarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi yoshlarga biriktirib berish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Tikish-bichishga qiziqishi bo‘lgan hamda “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” sohasini o‘rganayotgan yoshlarga fakultetning mas’ul talabalari tomonidan maxsus kurslar tashkil etildi. Ushbu amaliy kurslarda 90 nafar talabalar o‘z bilim va tajribalarini oshirmoqdalar, zero oliygohimiz har bir talabasi katta bir oila a’zosidir.