loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Mobil metodik guruh” Nurota tumanidagi 9-13-umumta’lim maktabida

   “Mobil metodik guruh” Nurota tumanidagi 9-13-umumta’lim maktablari pedagoglarini bilimini aniqlash va yangicha o’qitish uslublarini tushuntirish bo’yicha o’rganish olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-martdagi “Umumta’lim maktablari pedagoglarni bilimini yaxshilash hamda yangicha o’qitish uslublarini tushuntirish bo’yicha “mobil metodik guruhlar” faoliyati tartibini belgilash to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida NavDPI huzurida o’qituvchilar bilimini diagnostika qilish va buning natijasida aniqlangan bo’shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha “Mobil metodik guruh” tashkil qilindi.

Mazkur guruh Navoiy davlat pedagogika institutining etakchi professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan bo’lib, guruh a’zolariga biriktirilgan umumta’lim maktablari o’rganilmoqda. Guruh a’zolari yaqinda Nurota tumanidagi 9 va 13-maktablarda bo’ldi.

Mobil guruhining asosiy maqsadi bu — Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni to’laqonli bajarish asnosida uchinchi renessansning eng muhim bo’g’ini bo’lgan maktab ta’limini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, o’qituvchilarni haqiqiy pedagog sifatida shakllantirish, ta’lim sifatini oshirish va samaradorlikka erishishga ko‘maklashish.

Shu bilan birga institutining mutaxassis chiqaruvchi kafedralarini maktablarga biriktirish orqali, o‘quv metodik, o‘quv-uslubiy yordam berishni ta’minlashni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, guruh a’zolari maktablarda darslarning borishi, o‘quvchilarning qay darajada bilim olishlari bilan tanishdi.

 Uchrashuv doirasida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.