loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Jaxolatga qarshi ma’rifat

  “Talabalarni ekstremistik oqimlar, missionerlik bilan bog’liq yot g’oyalardan asrash, ijtimoiy ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha” targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti va Tarix fakultetlari talabalariga diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash – bugunning dolzarb vazifasi ekanligi, hozirgi kunda butun dunyoda ushbu illatga qarshi kurash olib borilayotganligi haqida so’z yuritildi.

      

Shu bilan birga ekstremizm, terrorizm, missionerlik kabi yot g’oyalarga qarshi turish, “Jaxolatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish kerakligi xususida gapirildi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Qurbonov, viloyat IIB mas’ul xodimi hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.