loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talaba-yoshlar bandligini taʼminlash — ustuvor vazifa!

   Navoiy viloyati hokimligi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Ishga marhamat” Monomarkazida yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu mehnat yarmarkasida 70 ga yaqin korxona va tashkilotlar tomonidan jami 238 ta vakant ish oʻrinlari taklif etildi.

     

Yarmarkada Navoiy davlat pedagogika institutining 800ga yaqin talabalari ishtirok etib, oʻzlari maʼqul koʻrgan boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha yoʻllanmalar olishdi. Mehnat yarmarkasi doirasida markaz boʻylab sayohat uyushtirildi.

 “Ushbu markazda turli kasblarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻrib toʻgʻrisini aytsam havasim keldi. Guruhimiz qizlari bilan Pazandalik va Qandolatchilik sirlarini oʻrganishga qaror qildik. Barcha yoshlarni institutda oʻqish bilan bir qatorda, bu kabi markazga kelib kasb-hunar oʻrganishlarini soʻrab qolgan boʻlardim”,— deydi Fizika va texnologik taʼlim fakulteti 2-bosqich talabasi D.Oʻrinova.

     

Mehnat yarmarkasi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov talabalar bilan muloqot qildi. Ishga joylashish niyatidagi talabalarga oʻzlarining tavsiyalarini berib oʻtdi. Shundan soʻng, talabalar markaz faoliyati bilan tanishib, oʻquv kurslari qay darajada yoʻlga qoʻyilganligini guvohi boʻlishdi.