All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ajdodlar merosi – kelajak poydevori

   Navoiy viloyati maʼnaviyat faollari ishtirokida  “Zafarabod” MFYdagi “Yoshlik” madaniyat saroyida “Navoiyuran” DKning ishchi xodimlarini, ayniqsa yoshlarni buyuk ajdodlarimizning jasorati va bebaho merosini chuqur oʻrganish orqali ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlab “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi D.Murtazayev tomonidan qiziqarli, ilmiy maʼruza qilindi. Soʻng yoshlar oʻrtasida viktorina sharti ham oʻtkazilib,  gʻoliblarga qimmatbaho kitoblar ulashildi.