loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq!

  Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan institutning Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida “Biz tahsil olayotgan taʼlim muassasasida korrupsiyaga oʻrin yoʻq” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvda fakultetning professor-oʻqituvchilari va talabalariga Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2752-son Qarori, shuningdek  Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 3-martdagi xati bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi boʻyicha tushuntirildi. Shuningdek, uchrashuv davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, baho uchun pora berish va pora olishga chek qoʻyish uchun fanlarni yaxshi oʻzlashtirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Yana bir yoʻnalish – huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni oshirish zarurligi talabalarga yetkazildi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi.