loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Mehnat yarmarkasi

  Navoiy davlat pedagogika institutida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Navoiy viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, xalq ta’lim boshqarmasi hamkorligida talabalarni ish bilan band qilish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

       

Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratov, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati, Monomarkaz direktor o‘rinbosari talabalarga ishga joylashish bugungi kunning talabi va ishga joylashtirishdagi asosiy talablar haqida atroflicha ma’lumot bermoqdalar.

     

Mehnat yarmarkasi davomida Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Yashin Dushanov tashrif buyurdi. Yarmarkada viloyatimizdagi tashkilot, korxona va muassasalari jalb qilingan bo‘lib, 3 minga yaqin talabalar ishtirok etdi. Viloyat xalq ta’limi tizimida 83 ta vakant joy bo‘lib, shu joylarda talabalar qabul qilinishi ta’kidlandi. Qolaversa, turli tuman muassasa,  korxona va tashkilotlarda ham talabalar uchun vakant joylari mavjudligi to‘g‘risida arizalar qabul qilindi.