loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joylarida talabalar bilan turli mavzulardagi suhbatlar tashkil etildi

   NavDPI “Talabalar turar joylari”da talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Turar joylari zamonaviy televizor, yumshoq mebellar bilan jihozlangan, maʼnaviyat xonasi, oshxona, kutubxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. NavDPI 3-sonli TTJda amalga oshirib kelinayotgan hamda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan “Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi B.Toshmamatov va “Fizika va texnologik taʼlim” fakulteti tyutorlari ishtirokida yotoqxonada yashovchi talabalar bilan turli mavzulardagi suhbatlar tashkil etildi. “Institutimizda taʼlim-tarbiya berish bilan institut professor-oʻqituvchilari hamda ota-onalar hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan. Institut tartib intizomiga barcha talabalar rioya etishlari va yoshlarga nisbatan nazoratni nafaqat institut oʻqituvchilari balki ota-onalar ham kuchaytirishlari lozim. Talabalarning fanlar uchun tutgan daftarlarini toʻliq boʻlishi va uni nazorat qilish hamda barcha talabalar odob-axloq qoidalariga birdek rioya qilish kerakliklari ota-onalarning ham burchi ekanligini, ular bilan oʻtkazib kelinayotgan suhbatlar jarayonida aytib borish hammamizning vazifamiz xisoblanadi.”-deydi B.Toshmamatov.