loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarini institut jamoasi tantanali kutib oldi

   Maʼlumki, Davlatimiz rahbarining 2022-yil 5-martdagi qaroriga muvofiq 28 nafar xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida Navoiy davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi Sayfullayeva Gulhayo Ihtiyor qizi ham borligi gʻurur va faxr-iftixor tuygʻularini baxsh etdi. Navoiy davlat pedagogika institutining faol, tashabbuskor xotin-qizlari ketma-ket 3-yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlib kelmoqda.

      

Joriy yilning 9-mart kuni institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, professor-oʻqituvchilari, talabalari Davlat mukofoti egalarini tantanali kutib olib, institut jamoasi nomidan tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasining ota-onasiga ham institut jamoasi tomonidan hurmat va ehtirom koʻrsatildi. Ularga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, Gulhayo Sayfullayeva 30 dan ortiq maqolalar muallifi. U talabalik davrlarida fan olimpiadalari hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Davlat stipendiasi sovrindori boʻlgan. Fizika va texnologik taʼlim fakulteti katta oʻqituvchisi. 2020-yilda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. Bugungi kunda G.Sayfullayevaning talabalari ham turli tanlov va olimpiadalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.