Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi ,»Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaʻgi 6099- sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 2-mart kuni “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida fakultet professor-oʻqituvchilari hamda tyutorlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan voleybol boʻyicha final oʻyini boʻlib oʻtdi. Murosasiz va shiddatli oʻtgan oʻyinda Tabiiy fanlar fakultetidan tashkil topgan ayollar jamoasi 1-oʻrin, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-oʻrin, Jismoniy madaniyat fakulteti 3- oʻrinni qoʻlga kiritishdi.