Navoiy davlat pedagogika institutida inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Ushbu markaz zamonaviy oʻquv xonasi va kompyuterlar hamda yosh olimlarning oʻqib izlanishlari uchun barcha zarur AKT jihozlari bilan taʼminlangan.
Shuningdek, Inkubatsion markazning asosiy maqsadlarida:
— Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning 3 yoʻnalishi sifatida aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;
-Inkubatsiya markazi faoliyati doirasida talabalar uchun turli xil konsultatsiya, musobaqa va seminarlar oʻtkazish;
– institut talabalarining inkubatsiya markazida vaqtini samarali va sifatli oʻtkazishiga yordam berish;
– yoshlarning startap loiyhalarini shakllantirish, innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarini qoʻllab quvvatlash, talabalar, doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.
Inkubatsiya markazida talabalar oʻz gʻoyalari va loyihalarini toʻsiqlarsiz amalga oshirishlari, ustoz-murabbiy va mutaxassislar yordamida innovatsion gʻoyalar va startap loyihalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ochilish marosimida viloyat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, “IT” park Navoiy viloyat filiali direktori R. Abduraxmonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Sh. Holboyev va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda institut talabalari tomonidan tayyorlangan “startap” loyihalar taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.