Chet tillar fakulteti talabalari, professor-oʻqituvchi va tyutorlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi taqdimnomasiga binoan, jinoyatga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, talaba-yoshlarni korrupsiya boʻyicha fikrlarini oʻrganish, korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, uni oldini olish boʻyicha institutda olib borilayotgan targʻibot tadbirlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlim boshligʻi A.Xalikov talaba-yoshlardan «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida yoshlar fikri” boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazdi.