Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navoiy davlat pedagogika institutining koʻngilli yoshlari va viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 26-fevral kuni institutimiz rahbariyati boshchiligida 150 tup mevali daraxt koʻchati ekildi.
Institut jamoasi ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan. Jumladan, bu yilgi bahor mavsumida institutning barcha bino hududini mevali hamda manzarali daraxt va buta ko‘chatlari bilan boyitish ham rejalashtirilgan.