loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

RAMAZON TABRIGI

#Ramazon tabrigi

Hurmatli ustozlar, aziz talabalar!

Barchangizni muborak Ramazon hayit bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Yaratganga beadad shukronalar boʻlsinki, yurtimiz tinch – elimiz omonlikdadir.
Muborak ramazon oyi mobaynida tutgan roʻzalarimiz,  qilgan toat – ibodatlarimiz, hayr  –  ehsonlarimiz ilohim mustajob va qabul boʻlsin.

Yaratganning oʻzi doimo madadkor boʻlsin!
Hammamiz uchun aziz boʻlgan oilamiz hamda xonadonimizda tinchlik va xotirjamlik hukmron boʻlsin.

Ilm dargohimizda siz kabi halol mehnat qilayotgan fidoyi ustozlarga va iqtidorli talabalarga yanada ulkan parvozlar hamda samarali yutuqlar tilab qolaman.

Hurmat va ehtirom ila,
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori,

professor Sobirov Baxodir Boypulatovich