Institutning Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalariga isloh qilinayotgan yangi oʻzbek alifbosi va “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha keng jamoatchilikning taklif va mulohazalari qabul qilinayotganligi va bu borada filolog talaba va professor-oʻqituvchilardan yakuniy natijali takliflar boʻlishi kerakligi targʻibot qilindi. Ushbu targʻibotda “Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish” Navoiy viloyat mintaqaviy markazi rahbari H. Suyunov va Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekan oʻrinbosari Q. Bozorov tushuntirish ishlari olib bordilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar olindi.