loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

  Joriy yilning 27-mart kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Akademik litseyida umumtaʼlim maktablarining  isteʼdodli oʻquvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va oʻqishni oliy taʼlim muassasalarida davom ettirishga chuqur tayyorlash maqsadida viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Ushbu tadbiriga 650 nafar viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori D.Ruziyev, litsey ijrochi direktori F.Maxammatqulov hamda litsey OʻIBDOʻ X.Eraliyev soʻzga chiqib,  ushbu dargohda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan  tanishtirildi.

Tadbir soʻngida oʻquvchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha sinov testlarini topshirishdi. Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020-yildagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan litseyning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, oʻquvchilarga zamonaviy bilim berishda shart-sharoit yaratish  maqsadida 500 million soʻm mablagʻ akademik litsey hisob raqamiga oʻtkazildi. Ushbu mablagʻ hisobidan Vebinar xona uchun interaktiv elektron doska, PTZ kamera, audio spikerfon, stol-stullar, shuningdek, 5 ta interaktiv elektron doska, 3 magnitli marker doska, 35 ta monoblok kompyuterlari, kimyo, fizika,  biologiya  xonalari  uchun  laboratoriya jihozlari xarid qilingan. Shu bilan birga musiqa asboblari, sport jihozlari yangisiga almashtirilgan.