loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari bilan uchrashuv

  

  Joriy yilning 25-mart kuni Navoiy davlat pedagogika institutiga O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov  hamda kino va teatr aktyori  Aziz Qobilovlar tashrif buyurdi. Dastlab so‘ngi yillarda ta’limga, san’atga berilayotgan e’tibor, xususan, Navoiy viloyatining yuqori salohiyati, institutdagi amaliy  o‘zgarishlar e’tirof etildi.

 

 Institutning 200 ga yaqin talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi  xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov o‘zining katta  hayotiy tajribaga ega, san’at sohasida mashaqqatli yo‘l bosib o‘tganligi, aktyorning san’atdagi faoliyati borasida fikr-mulohazalari va hayotiy tajribalari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga aktyor o‘z nutqida  ilk marotaba ijro etgan rollari, buyuk bobokalonlarimiz haqida hikoya qiluvchi tarixiy  filmlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Mendirman Jaloliddin” filmi o‘zbek kino  san’atini yanada  rivoj topishiga  qo‘shgan xissasi, shuningdek, o‘zi ijro etgan tarixiy  rollari to‘g‘risida fikrlar, hayotiy misollar  bilan o‘rtoqlashdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar ham san’at sohasidagi bilimlari va takliflarini bildirib o‘tishdi.