loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Zamonaviy tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

  Joriy yilning 24-mart kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Zamonaviy tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaga respublikamizning o‘nlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiyani Navoiy davlat pedagogika instituti rektori t.f.d., professor Sobirov Baxodir Boypulatovich ochib berdi.

Ushbu konferensiyada Amerika Qo‘shma Shtatlari Michigan davlat universiteti xalqaro munosabatlar kafedrasi professori, Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo Tadqiqotlari Markazi boshlig‘ining o‘rinbosari Temur Xo‘jao‘g‘lu, O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi konsuli Isomov Sunnatilla Akram o‘g‘li (onlayn), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, siyosiy fanlar doktori Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markazi bo‘lim mudiri, tarix fanlari doktori, professor Raximov Mirzohid Akramovich, Samarqand davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori G‘afforov Shokir Safarovich (onlayn) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi direktor o‘rinbosari Abdumo‘minov Oybek Bektemirovichlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.