loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

O`lkamizga xush kelding, Navrо`z!

    Azaliy qadriyatlarimiz mujassamlashgan mehr-oqibat, muruvvat, ezgulik va tenglik bayrami hisoblanadigan bahor bayrami Navrо`zni har yilgidek kо`tarinki kayfiyatda kutib oldik. Yasharish va yangilanish bayrami – Navrо`z munosabati bilan xalqimiz azaldan yon atrofni chiqindilardan tozalab, atrofni gullarga burkaydi.

Institutimiz jamoasi va Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Navrо`zni o’zgacha  tayyorgarlik bilan kutib oldi. Bayramga uzoq yillar samarali mehnat qilgan va mehnat qilayotgan professor-о`qituvchilar taklif qilinib ularga ehtirom kо`rsatildi. Ustoz-talabalar birgalikda sumalaklar, kо`k somsa va chuchvaralar tayyorlab, bayram dasturxoniga tortishdi. Talabalarning badiiy chiqishlari, milliy kuy-qо`shiqlar, navrо`z kayfiyatini dillarga jo etuvchi sheriy kompozitsiyalar yig`ilganlarni xushnud etdi.