loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

  Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko‘ngillar ko‘klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo‘jizaviy uyg‘unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg‘os gullagan bog‘lar kapalak va bolarilarga oshyon bo‘ldi. Borliqdagi uyg‘onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut-baraka, to‘kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro‘zi olam kelganidan darak beradi.Instutitning Chet tillar fakultetida ham Navro‘zi olamni madh etuvchi badiiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechani rus tili va adabiyoti yo‘nalishi (o‘zga tilli guruhlarda) 2-A va 2-B guruhlari ajoyib ruhda tashkil etishdi. Badiiy-musiqiy kecha yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.