loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Immunitetni chiniqtiramiz

 Кўпчилик инсонларда табиат ўзгариши билан айниқса куз баҳор ойларида тез-тез шамоллаш кузатилади. Shu o‘rinda o‘ylaymanki har bir inson albatta o‘z sog‘ligiga bee’tibor bo‘lmasa kerak. Buyuk mutafakkir, tabiblar sultoni Abu Ali ibn Sino tabiatdagi  ko‘pgina o‘simliklarning dorivorlik xususiyatini bilgan va uni amaliyotga tadbiq etgan. Buni biz u zotning bir qancha asarlarida o`qiganmiz eshitganmiz. Insonlar qadim zamonlardan buyon turli xil giyohlarning davolovchi va quvvat beruvchi xususiyatlarini bilishgan va bilganlarini turli xil xastaliklarni davolashda ishlatishgan. O‘simlikning dorivorligini belgilaydigan narsa ularning tarkibidagi biologik aktiv moddalar. Bu moddalar har bir o‘simlikda, u yoki bu sifatda, ko‘rinishda va miqdorda bo‘ladi.  Immunitetni chiniqtirish uchun avvalo inson kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirib, jismoniy va aqliy zo‘riqishni ham teng taqsimlashi lozim. Shu bilan birga har kuni ertalab yarim soat bo‘lsada mashqlar qilish, etarlicha uxlab, dam olish, taomnomangizda ko‘proq meva va sabzavotlardan tayyorlangan eguliklar bo‘lishi immunitetingizni yanada oshiradi. 100 grammdan yong‘oq, mayiz, turshak, qora olxo‘ri va anjir qoqsini go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, oz miqdorda asal bilan aralashtiring. Mazkur aralashmani har kuni ertalab bir osh qoshiqdan iste’mol qilishga odatlansangiz, immunitetingiz tezda oshadi, madorsizlikdan ham forig‘ bo‘lasiz. Tushlik va kechki ovqatni ko‘kpiyoz, rediska va barra sarimsoqpiyoz bilan tanovul qilsangiz yanada foydali bo‘dadi. Inson immunitetini ko‘tarish hususiyatiga ega bo‘lgan eng kuchli mahsulotlar ro‘yhatining birinchi pog‘onasida oddiygina yong‘oq turadi. Shifokorlar fikricha, insondagi barcha kasalliklarning negizi tushkunlik holatidadir. Magniy esa unga qarshi kurashuvchi kuchli vosita sanaladi va uni yong‘oq, mineral suv, yasmiq, no‘xat, bodom, dengiz mahsulotlari tarkibida ko‘proq uchratish mumkin. Dengiz balig‘i yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari, engil o‘zlashtiriluvchi oqsil va aminokislotalar sabab ko‘p kasal bo‘luvchi insonlarga haftada bir marta baliq istemol qilish tavsiya etiladi.

Yana brokkoli karam infeksiyalarga qarshi kurashishda ajoyib vositadir. Dietologlar brokkoli karamni immun tizimini rag‘banlantirish xususiyatiga ega eng kuchli mahsulotlardan biri deb ataydilar.

 Aloe o‘simligi esa eng qadimiy dorivor giyohlardan biri hisoblanadi. Uni uy sharoitida o‘stirish yoki uni maxsus do‘kondan xarid qilish mumkin. Aloeni malham sifatida surish bilan birga uni iste’mol qilish ham mumkin. Agar avval aloe iste’mol qilmagan bo‘lsangiz, sekin-asta uni taomnomangizga qo‘shish tavsiya etiladi. Aloe o‘simligi haqida hatto Ibn Sino va Gippokarat ham yozgan. Aloe sharbati 200 dan ortiq faol komponentni o‘zida jamlaydi. Ularning orasida mikro va makroelementlar, vitaminlar, fermentlar va aminokislotalar bor. Har biri inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Immunitetingizni oshirishda yana bir tavsiyamiz bor, bir stakan qaynatilgan suvni olib unga bir paketcha na’matak mevasining kukunidan solamiz (dorixonalarda bor) keyin ichimligimiz yanada vitaminlarga boy bo‘lishi uchun uni koritsa (dolchin)  daraxti shoxchasi bilan aralashtiramiz (dorivor sotadiganlardan olasiz) bu bizga yoqimli ta’m berish bilan birga ichimligimizni shifobaxshlik xususiyatini oshiradi. Asalni oxirida qo‘shamiz chunki 70 gradus issiqlikda va undan baland haroratdagi suvga aralashtirilsa asaldagi shifobaxsh vitaminlar saqlanmaydi. Asalni eritib bo‘lganimizdan so‘ng ichimligimiz tayyor holatga keladi va buni arab xurmosi bilan birga iste’mol qilamiz. Misol tariqasida tushuntiradigan bo‘lsak yuqoridagi to‘rt xil mahsulot alohida iste’mol qilinganda  har biri o‘n karradan 40 karra foyda qilsa, hammasini bir vaqtda iste’mol qilganda esa buni kuchi kamida ikki baravarga oshib 80 karra foyda qiladi. Bu imunitetni tiklashning eng samarali yo‘li hisoblanadi.

Yuqoridagi retsept judayam kuchli quvvatni oshiruvchi energetik ichimlik hisoblanadi. Shu sababdan qon bosimi oshuvchi odamlarga tavsiya qilinmaydi, qon bosimi borlar bularni qo‘shmasdan alohida-alohida holatda kun davomida uch mahal iste’mol qilishsin. Masalan, ertalab nahorga na’matakni o‘zini damlab ichishadi, nonushtadan so‘ng ikki soat o‘tkazib asal eyiladi, tushlikdan so‘ng 3 soat o‘tkazib xurmo eyiladi, shu tariqa qon bosimini oshishidan aziyat chekmasdan turib imunitetni tiklashimiz mumkin. Bu retsept qoni quyuq odamlarga ham tavsiya qilinmaydi ular faqat na’matakni o‘zinigina damlab ichishlari kerak bo‘ladi.

Jenshen ildizi holsizlik bilan kurashadi va organizmni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi. Bu o‘simlik asosan insonga quvvat berishi bilan mashhur bo‘lsa-da, u bir qator boshqa xususiyatlarga ega. U past qon bosimi, muntazam charchoqlik, ishtaha yo‘qligi, ishchanlik faoliyatining kamayishi, asab tizimi kasalliklarida ham tavsiya qilinadi. Shakarni ham ozi shirin deganidek hamma narsani me’yorida iste’mol qilish foydali, buni foyda ekan deb haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ham ziyondir.

NavDPI o‘qituvchisi  Xamza Ortiqov