loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami tarixi

Yurtimizda  yosharish – yangilanish fasli bahor oyi bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami  “8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” tarixiga bir nazar tashlasak.   Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol» arabcha so‘z bo‘lib, “oila» kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8-martga nisbatan “ayol» so‘zi emas, balki “xotin-qizlar» degan so‘z keng qo‘llaniladi. Ushbu kunning  o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari  uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ya’ni, 1857-yil 8-mart kunida N`yu Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari namoyish o‘tkazadilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kuni N`yu Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar.

Chunki, o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat mehnat qilganlar. Erkaklar esa, turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8-martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng, ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar.

Biroq, bu kun birinchi marta 1891 yil 19 mart kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar namoyishlarda ishtirok etadilar. Saylash va saylanish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar.

1910 yili Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyada 8 mart kunini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi.

Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular mehnat huquqi va hurmatiga ega bo‘lish, kambag‘allikka qarshi kurash hamda tinchlik uchun kurash olib boradilar.

8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.

Sobiq sho‘ro ittifoqi barham topgach, 8 mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH davlatlari: Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya va O‘zbekistonda ham bayram  qilina boshlandi.