loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
uzВнимание!!! Сайт работает в тестовом режиме!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

«14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan tadbir

    

  Joriy yilning 14-yanvar kuni Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakultetida “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan «Kim vatanga sodiq bo`lsa mendirman o`sha» deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Bayram tadbirda Mudofaa vazirligiga qarashli 99,368 harbiy qism askarlari, Milliy gvardiya leytenanti I.Yuldoshovlar qatnashdi.

Vatanni himoya qilish, uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir. Tadbir vatanni tarannum etuvchi sheʼr va qo`shiqlar bilan ko`taringki kayfiyatda bo`lib o`tdi. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo’lishlari sabab bugun barchamiz tunlari orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug’lasak, qancha e’zozlasak shuncha oz.