loader image
All for Joomla All for Webmasters
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uzruen| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

ILMIY IZLANISH YO’LIDA

 2021-yilning 7-yanvar sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy seminar tashkil etildi. Ilmiy seminar “Tezis, ilmiy maqola, uslubiy ko’rsatma, uslubiy qo’llanma, darslik hamda monografiyalar tayyorlashga qo’yiladigan talablar” mavzusiga bag’ishlandi.

Ilmiy seminarning maqsadi ilk pedagogik va ilmiy faoliyatini boshlagan pedagog xodimlarga ilmiy hamda o’quv-uslubiy nashrlar tayyorlash bo’yicha ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat. Ilmiy seminar kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi To’xtayeva Qo’ysin Davlatovna tomonidan tashkil etilib, ma’ruzachi ilmiy, o’quv-uslubiy nashrlar, ularning turlari hamda rasmiylashtirishga qo’yiladigan me’yoriy talablar haqida kafedra professor-o’qituvchilari va doktorant-izlanuvchilarga kerakli va qiziqarli ma’lumotlarni berdi.Shuningdek, seminar ishtirokchilari hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida jamlash, tasvirlash, yangilash va saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkonini beradigan elektron o’quv nashrlar va ularning talablari bilan tanishtirildi.Ilmiy-seminar so’nggida ma’ruzachi, dotsent To’xtayeva Qo’ysin Davlatovna seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi hamda ilmiy seminar bahs munozaralarga boy bo’ldi.