loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Botir Zokirov xalq ardog`idagi san’atkor

  

Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o`zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ`ib etish, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo`shgan buyuk san’atkor, bastakor, O`zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi  ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda  tavalludining 85 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutining Axborot resurs markazida Botir Zokirov «Xalq ardog`idagi san’atkor» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.

Institut professor-o`qituvchilari Botir Zokirovning go`zal ijodi borasida so`zladilar. Shuningdek, musiqa ta’limi yo`nalishidagi talabalar jonli ijroda buyuk san’atkor tomonidan yaratilgan kuy-qo`shiqlarni ijro etib, yig`ilganlarga o`zgacha kayfiyat bag`ishladi.