loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

“Mahalla – sharq demokratiyasi” mavzusida axborot va murabbiylik soati o`tkazildi

  

 Navoiy davlat pedagogika institutining “Tarix”, “Boshlang`ich ta’lim” hamda “O`zbek tili va adabiyoti” fakultetlari talabalariga “Mahalla – sharq demokratiyasi” mavzusida axborot va murabbiylik soati o`tkazildi. Mavzu doirasida jahon miqyosida va jonajon O`zbekistonimizda hafta davomida sodir bo`lgan yangiliklar va muhim xabarlar to`g`rsida fikrlar bildirildi.  Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda “Yangi O`zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida o`tkazilgan targ`ibot tadbirlariga alohida to`xtalib o`tildi. Mahallalarda bu targ`ibot natijasida fuqarolarimiz amaldagi islohotlarning bevosita ishtirokchi ekanliklariga qiziqishlari ortib borayotganligi, xalqimizning yangi davr bilan hamqadam borayotganligiga alohida urg`u berildi.

Shuningdek, Navoiy viloyatining yaqin 150 yillik tarixi, xalqimizning og`ir va mashaqqatli hayoti haqida ham tarixiy ma’lumotlar keltirildi. Shundan so`ng, “Mahalla – sharq demokratiyasi” mavzusida talabalarga to`liq ma’lumotlar berildi.

 O`zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurishda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri mahallaning roli bekiyosdir. Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalashda mahalla o`ziga xos milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar shakllanishi ma’lum bir ijtimoiy, milliy, madaniy makon-mahallada kechadi, shuning uchun u ushbu makonda qaror topgan tarixiy-madaniy va axloqiy ma’naviy an’analarga tayanibgina o`zligini namoyon qila oladi. Axloq, odob, ezgulik niyati bilan yashash, hamkorlik va hamdardlik, jamoa bo`lib bir-birini qo`llab quvvatlash, zo`ravonlikni qoralash, kam ta’minlangan ijtimoiy zaif va yordamga muhtoj kishilarga homiylik qilish, murosa, kelishish yo`llarini izlash, birovning mulkiga xiyonat kilmaslik, Vatanga va xalqiga muhabbat, sadoqatli bo`lish kabi ijtimoiy-ma’naviy fazilatlar o`zbek xalqining qalbidan mustahkam joy olgan.  Aytmoqchimizki, mamlakatimizda jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash sharoitida demokratik tamoyillarning milliy qadriyatlar bilan uyg`unligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berilmokda. Chunki biz qurayotgan jamiyatda millatning ruhi, orzu-istaklari, maqsad-muddaolari o`z ifodasini topishi asosiy maqsad qilib olingan.

 Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o`rni va maqomi belgilab qo`yilgan. Bu maqom hali – haligacha o`z o`rnini saqlab, kundan-kunga yuksalib bormoqda”. Bu, albatta mahalladoshlarning birdamligidan. Mahallaning birdamligi, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muhtoj kishilarni yo`qlab, ularning yumushlariga yordamlashib, og`irlarini yengil qilishda yanada o`zini namayon qilmoqda.  Mahalla… Shu birgina so`z zaminida butun olam ezguliklari, urf-odat va an’analari, qaynoq tafti mujassam.