loader image
All for Joomla All for Webmasters
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
uz| Ro`yxatdan o`tish | Diqqat!!! Sayt test rejimida ishlamoqda!
info@nspi.uz
E-mail
+998 79 225-19-30
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-30
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiyda yosh kadrlar davlat fuqarolik xizmatiga maqsadli ravishda tayyorlab borilmoqda.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Navoiy viloyatining olis cho`l tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 2017 -yil 25-apreldagi 2925-sonli qarori bilan Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, test sinovlari natijalari bo`yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo`lgan, Tomdi tumaning barcha, Konimex va Uchkuduk tumanlarining ayrim aholi punktlarida kamida 3 yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni davlat granti asosida o`qishga qabul qilish belgilangan. Mazkur qarorga asosan bugungi kunda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi Oliy ta’lim muassasalariga 2017-2020 o`quv yillarida 659 nafar yoshlarimiz davlat grantlari asosida o`qishga qabul qilingan.

Joriy yilda ham 214 nafar yoshlarimiz ana shunday imtiyozlardan samarali foydalanib 12 ta Oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida o`qishni boshlab yuborishgan.

24-noyabr kuni Navoiy viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik instituti hamkorligida ana shu yoshlarning davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari bilan davlat fuqarolik xizmatiga oid «Kelajakda kim bo`lasiz» shiori ostida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda yoshlarga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ustuvor vazifalari hamda vatanparvar, mas’uliyatli va yuqori salohiyatga ega qobiliyatli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida qabul qilish to`g`risida tushunchalar berilib, bugungi kunda ushbu 3 ta tumandagi mavjud vakansiyalar to`g`risida ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot ruxida bo`lib o`tgan seminar davomida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi hamda ularni kelgusida qaysi ishga joylashishlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Onlayn anjumanda shuningdek, yoshlar bilan ishlash borasida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, ayniqsa, mavjud karantin holatidan kelib chiqib, pandemiya sharoitida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni aniqlash va rag`batlantirish borasidagi ishlar haqida ham ma’lumot berilib, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish lozimligi qayd etildi.

NavDPI matbuot xizmati.