loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Murojaatlar statistikasi

0
Jami o`rinlar soni
0
Bo'sh o`rinlar soni
0
Tushgan arizalar
0
Qabul qilingan arizalar

TALABALAR TURAR JOYI HAQIDA

Talabalar turar joyining moddiy texnika bazasi quyidagilardan iborat: Har bir seksiyada 5 ta krovat, 5 ta tumba, talabalar dars tayyorlash uchun 2 ta stol va 5 ta stul, 2 ta kiyim javoni, gilam va pardalar mavjud.Har bir qavatda ikkitadan oshxona bo’lib, har bir oshxonada 4 tadan elektr plitalar va ikkitadan muzlatgichlar bilan ta’minlangan.Bundan tashqari  8 dona kir yuvish mashinalaridan tashkil topgan xona hamda 27dona dazmol va dazmollash anjomlari mavjud xonalari ham bor. Binoning texnika va yong’in xavfsizligi ta’minlash  maqsadida hamma qavatlarda kerarli yong’in havfsizligi jihozlari bilan ta’minlangan.

  • Talabalar turar joyida talabalar uchun ma’naviyat xonalari, axborot resurs markazi hamda kompyuter xonalari tashkil etilgan bo’lib, talabalarga barcha kerakli shart-sharoitlar mavjud.
  • Turar joyning har bir seksiyasida yuvinish xonalari mavjud bo’lib, issiq va sovuq suv, sanuzellar bilan ta’minlangan. Oshxonalarida sovutgichlar, elektr plitalari mavjud.Barcha xonalarning holati talab darasida.
  • Binoga gaz tarmog’i ulanmagan bo’lib, oshxonasidagi barcha elektr moslamalari soz va ishchi holatda. Ishlashi doimiy nazoratga olingan.Binoning zaxira chiqish eshiklari mavjud va ta’mirlangan. Yerto’la va tom qismlari ijobiy holatda bo’lib, ta’mirlangan va qulflanganligi nazoratga olingan.
  • Binoga talabalarning kirishi nazoratga olingan bo’lib, pasport tizimi joriy qilingan. Ichki tartib – intizom va kun tartibi qoidalari rioya etilishi rahbariyat tomonidan nazorat qilinib boriladi.
  • Biriktirilgan hududlarga ma’sul shahslar tayinlangan bo’lib, tozalik ishlarini nazoratga olib borish yo`lga qo’yilgan.
  • Talabalar xo’jalik ishlarida va umumxalq hasharlarida to’liq ishtirok etishi bilan bir qatorda haftaning har shanba kuni shanbalik qilish yulga qo’yilgan.
  • Xojatxonalarning tozaligiga katta e’tibor qaratilib maxsus preparatlar bilan xar kuni tozalanadi.Oqar suv va chiqindi tashlash mahsus joyi bilan ta’minlangan. Mavjud barcha elektr tarmoqlar va anjomlar soz xolatda.
  • Yuvunish xonalarida:  Barcha xonalardagi yuvunish xonalarida issiq va sovuq suv, Sochiq va kiyim ilgichlari, sovun va shunga o’xshash boshqa narsalarni qo’yish uchun javonlar bilan ta’minlangan. Jumraklarning ahvoli talab darajasida, rakovinalardan oqava suvlarning ketishi ishchi holatda bo’lishi nazoratga olingan.
  • Cho’milish xonalari: Cho’milish xonalaridagi dush kabinalari alohida ajratilgan va yoritgichlarga ega yechinish-kiyinish uchun joylar mavjud.Xonalarning sanitar tozaligi va hororatiga rioya qilinishi borasida kunlik nazorat mavjud.
  • Xotin qizlar maxsus gigiena xonasi talabalar turar joyining har bir seksiyasida mavjud bo’lib, tegishli jihozlar bilan ta’minlangan.
  • Oshxona Talabalar oshxonasida ovqat tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud hamda ta’mirdan chiqarilgan. Oshxonaning tozalik  ahvoli va boshqa jixatlarini tekshirib turish uchun ma’sul shaxslar belgilangan.
  • Tibbiy bo’limning mavjudligi: Talabalar turar joyida tibbiyot xonasi mavjud bo’lib, 24 turdagi birinchi tibbiy tez yordam vositalari bilan ta’minlangan.Tibbiy qutichalar, kasallar uchun joylar, yuqumli kasalliklar va sanitariya-gigiyena mavzularidagi plakatlar bilan jixozlangan.
  • Binoda: – Umumiy oshxonaning mavjudligi : Talabalar uchun 400 (200o’rinli yozgi, 200 o’rinli qishki) o’rinli oshxona ertalab soat 8-00 dan kechki 18 -00 gacha xizmat ko’rsatadi. Oshxona binosi to’liq kapital ta’mirdan chiqarilgan. Oshxonada oziq-ovqatlar turiga qarab sovutgichlar, elektr moslamalar, idish-tovoqlar kabi oshxona anjomlari bilan ta’minlangan. Taomlarning narxi va sanitariya holati bo’yicha nazorat yo’lga qo’yilgan. – Institutning talabalar turar joyida “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari mavjud bo’lib, talabalar turar joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi xonasi zamonaviy jixozlangan, televizor, DVD, namoyish etish uskunalari, gazeta va jurnallar, badiiy va ommabop adabiyotlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, davlat ramzlari (bayrog’, gerb va madhiya)ning to’liq tavsiyalari bilan ko’rkam qilib osib qo’yilgan. Shuningdek, milliy istiqlol g’oyalariga bag’ishlangan, xalqimizning madaniy merosi, an’analari, udumlarini aks ettiruvchi ko’rgazmalar tashkil etilgan. badiiy va ommabop adabiyotlar bilan ta’minlangan. Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o’rtasida turli mavzularda 100 dan ortiq anjumanlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari tashkil etilgan.
  • Dam olish uchun yumshoq mebellar, akvariumli baliqlar, telivizor kabi ma’naviy hordiq chiqarish vositalari bilan boyitilgan xonalar talabalarga xizmat ko’rsatadi.
  • Sport xonalari: Talabalar turar joyi talabalari uchun sport zallar mavjud bo’lib, talabalar darsdan keyin maroqli hordiq olishlari uchun mini futbol, basketbol, stol tennisi, valebol kabi sport o’yinlari uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan.
  • Talabalar yashayotgan xonalarida gilam,parda, krovat, kiyim javoni,dars qilish uchun stol-stul, yotish anjomlari (prostin, yostiq, choyshab va v.h), shahsiy shkafchalar kabi zarur anjomlar bilan ta’minlangan.Bundan tashqari shahsiy oyoq kiyimlarni saqlash javonlari ham mavjud.Sanitariya va kirish daftarlari hamda eshiklarning qulflari ishchi holatda.
  • Kirish-chiqish nazorati bo’yicha juda qattiq nazoratga olingan bo’lib, vaxtyorlarda barcha talabalarning ro’yxati mavjud. Kelgan mehmonlarni ro’yxatga olish daftari va topshirilgan kalitlar qutichasi ham tashkil etilgan.
  • Talabalar turar joyida doimiy ravishda oddiy va bayram kunlarida professor-o’qituvchilar navbatchiliklari tashkil etilib, navbatchilik daftarlari to’liq yuritib borilgan. Shuningdek favqulotda holatlarni oldini olish va uni bartaraf etish masadida santexnik va elektriklardan tashkil topgan navbatchilik ham tuzulgan. Navbatchilik dafdarini yurutish bo’yicha rahbariyat tomonidan nazoratga olingan. Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o’rtasida turli mavzularda ko’rik-tanlovlar: “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng faol akademik guruh”, “Eng yaxshi talabalar turar joyi xonasi”, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Eng yaxshi bakalavr”, “Eng yaxshi magistr”, Davlat tili Qonunining qabul qilinganligiga bag’ishlab insholar, devoriy gazetalar, videoroliklar tanlovi, WEB sahifa tanlovlari, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Nima? Qaerda? Qachon?” intellektual o’yini, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi badiiy o’qish”, “Eng yaxshi milliy ijro” kabi kurik-tanlovlar, “Kafedra kunlari”, “Fakultet kunlari”, “Tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyati kunlari”, “Ota-onalar kuni” kabi tadbirlar amalga oshirilgan. Talabalar turar joyida o’zaro hurmat tariqasida bir-biriga murojaat tariqasida “Siz”lab gapirishi hamda aka-uka, opa-singildek ahil bo’lib ketishgan. Shuningdek, bayram kunlarida kechayu-kunduz qatiy ravishda navbatchiliklar tashkil etilgan. –  Talabalar-turar joyida mavjud sharoitlardan tashqari, bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari uchun tikuvchilik, pazandachilik,kompyuter,shaxmat, shashka kabi to’garaklar tashkil etilgan hamda talabalar uchun go’zallik saloni xizmat ko’rsatadi.

TALABALAR TURAR JOYIGA ARIZA BERISH

Familiyangiz (shart)

Isminfiz (shart)

Otangizni ismi (shart)

Fakultetingiz:

Yo`nalishingiz:

Telefon raqamingiz (telegram bog`lanish uchun)

Kurs
1-kurs2-kurs3-kurs4-kurs