loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan rektor tabrigi

 

Qadrli yoshlar, aziz talabalar!

Sizlarni mamlakatimizda anʼanaga aylangan bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Maʼlumki, bundan besh yil muqaddam – 2017-yilning 30-iyun kuni muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu sananing Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida Mustaqilligimiz solnomasidan munosib oʻrin egallagani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi!

Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangi tizim yaratilgani, Sizlarning ijtimoiy faolligingiz, oʻqish va sport sohalari kabi turli tadbirlarda, anjuman va forumlarda munosib ishtirok etayotganingizni barchamiz minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, oʻqish va ishlaringizda, oilaviy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov