“Yoshlar oyligi” doirasida shu yilning 25-26 iyun kunlari Navoiy viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilning 19 iyun kuni Qiziltepa tumani To‘dako‘l dam olish maskanida festivalni tashkil etish bo‘yicha shtab yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig’ilishda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov, bo‘lim boshlig’i B.Toshmamatov, dekan o‘rinbosari N.Umarovlar ham ishtirok etdi.
Yoshlar festivali doirasida institut tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va loyihalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.