loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlar o’rtasida erta nikoh va Oilaviy ajralishlarning oldini olish

 Joriy yilning 27-mart kuni Tarix fakulteti talabalariga fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy -marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari I.Quljonov, fakultetning Xotin- qizlar bo’yicha dekan mastlahatchisi G.Sultonova  hamda Tyutorlar ishtirokida ”Yoshlar o’rtasida erta nikoh va Oilaviy ajralishlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan turli hayotiy misollar keltirilib, ma’lumotlar berildi. Mutaxassislarning fikricha, yigit- qizlarning turmush qurish yoshi oila musatahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir.

Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri baxt- saodati haqida o‘ylamay hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida qizlarni 16 hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko‘p hollarda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga qolaversa yosh oilaning mustahkamligigi tug‘ilajak farzandining sog‘lomligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.