loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

26 aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni

  26 aprel — Xalqaro intellektual mulk kuniga bag’ishlab, Navoiy davlat pedagogika institutida innovasion haftalik doirasida «Ilm fan va innovasiyalarni rivojlantirishda Xotin-qizlarning o’rni» mavzusida o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Undan maqsad: Xotin-qizlarning g’oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo’llab–quvvatlash, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishga ko’maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovasion yondashuvni joriy qilishdan iborat.

Forumda muhandis va dasturchi xotin-qizlarning salmog’i va ilmiy texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat hamda axborot kommunikasiya texnologiyalari sohalariga keng miqyosda jalb qilish masalalari muhokama qilindi.