E’LON!!!
Navoiy davlat pedagogika instituti 2023-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul kvotasi e’lon qiladi.
№ | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Tayanch doktorantura (PhD) |
Doktorantura (DSc) |
Maqsadli tayanch doktorantura (PhD) |
Stajor-tadqiqotchi |
Jami | 54 | 2 | 2 | 2 | ||
1. | 01.01.01 | Matematik analiz | 1 | 1 | ||
2. | 02.00.14 | Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi | 2 | |||
3. | 03.00.06 | Zoologiya | 1 | |||
4. | 07.00.01 | O‘zbekiston tarixi | 6 | 1 | ||
5. | 10.00.02 | O‘zbek adabiyoti | 1 | 1 | ||
6. | 09.00.04 | Ijtimoiy falsafa | 1 | |||
7. | 10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 12 | |||
8. | 13.00.01 | Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi | 9 | |||
9. | 10.00.01 | O‘zbek tili | 6 | 2 | ||
10. | 13.00.04 | Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari nazariyasi | 1 | |||
11. | 13.00.02 | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chet tillari) | 9 | |||
12. | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) | 1 | ||||
13. | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) | 2 | ||||
14. | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) | 1 | ||||
15. | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) | 2 |
- Tayanch doktoranturada (PhD) o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar: ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Doktoranturada (DSc) o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar: ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
- Stajor-tadqiqotchilar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar: ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo`yicha) to`g`risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining phd.mininnovation.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi shart.
- Tayanch doktoranturada o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til) bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o’rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo’lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo’lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo’lmagan) bo’yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo’lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi. Stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturada o’qish uchun kirayotgan talabgorlar kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo’yicha suhbatdan o’tadilar. Barcha sohalar shu jumladan, fizika-matematika va texnika fanlari bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilishda tegishli fan yo’nalishlarida milliy sertifikatga ega bo’lgan talabgor mutaxassislik fani bo’yicha imtihondan ozod etiladi va unga mutaxassislik fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi
Hujjatlarni qabul qilish muddati 2022-yilning 15-oktyabrigacha.
Murojaat uchun: T.Utapov (93) 319-65-00