Mamlakatimizda 11-16 noyabr kunlari joriy yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik — umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, tinchliksevarlik kabi g’oya va fazilatlar aniq dalillar asosida sharhlab berildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga yetarli javoblar olindi.