Navoiy davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari tomonidan 1-dekabr — qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbir talabalarni Vatanni, ona tilini e’zozlashga xizmat qilishi bilan alohida o‘rin tutadi. Til — millatning bebaho mulki ekanligi haqida fakultet professor-o‘qituvchilari o‘z mulohazalarini bildirgan bo‘lsa, tadbir turli sahnaviy chiqishlar, hikmatli so‘zlar, she’riy bag’ishlovlar, jozibador raqslar orqali keng yoritib berildi.
Ma’lumot o‘rnida: 1989-yili 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek tili va qoraqalpoq tili davlat tili sifatida yuritilib kelinadi.